Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Imom Buxoriy» davlat mukofoti kimlarga taqdim etiladi?
Islom dini sohasida faoliyat yurituvchi fuqarolar va mutaxassislar mukofotlanadigan “Imom Buxoriy” davlat mukofoti kimlarga taqdim etiladi? Xalqaro Press-klubning 26 aprel kuni bo‘lib o‘tgan sessiyasida shu masalaga oydinlik kiritildi.
“Imom-domlalar, umuman diniy soha xodimlariga oyliklarning oshirilishi, berilayotgan qator imtiyozlar haqida gapirildi. Moddiy yordam o‘z yo‘liga, biroq buning ma'naviy jihati ham borki, u imomlarga o‘z vazifalariga yanada jiddiyroq mas'uliyat bilan yondashishlariga asos bo‘ladi, deb o‘ylaymiz.
Islom sivilizatsiyasi, hazorasiga hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz, ulamolarimiz merosini ilmiy jihatdan o‘rganish, tadqiq qilish, xalqaro miqyosda ilmiy asarlar yaratadigan yurtdoshlarimizga, ularning faoliyatini rag‘batlantirish, taqdirlash maqsadida “Imom Buxoriy” davlat mukofoti ta'sis etildi. Bu sohada ham davlat mukofotining ta'sis etilishi esa, sohani rivojlantirishning dolzarbligi barobarida davlat rahbarining e'tiborini ham ko‘rsatadi”, - dedi sessiya spikerlaridan biri.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 16 aprelda imzolangan “Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5416-sonli farmonida Islom ilm-fani va madaniyatiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning ibratli hayoti va boy ilmiy merosini chuqur o‘rganish, mamlakatimiz dovrug‘ini jahon miqyosida keng yoyish ishiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan shaxslarni rag‘batlantirish maqsadida “Imom Buxoriy” davlat mukofotini ta'sis etish belgilangan.
Mavzuga oid
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
16:10 / 22.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi
15:21 / 20.12.2024
Jakartada "Imom Buxoriy: O‘zbekiston islom san’ati" ko‘rgazmasi ochildi
18:45 / 26.09.2024