Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Internetda tarqalgan 100 ming so‘mlik banknota surati haqiqiymi?
Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasi boshlig‘i internet orqali keng tarqalayotgan 100 ming so‘mlik banknota dizayni va suratlari bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.
Bosh boshqarma boshlig‘i Majid Tohirov, ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan 100 ming so‘mlik banknotlar haqidagi xabarlarga va uning ko‘rinishi aks etgan suratlarning tarqalib ketgani borasidagi savollariga o‘z munosabatini bildirdi, deb xabar qilmoqda Uznews.
Majid Tohirov bu suratga o‘z munosabatini bildira turib, suratdagi banknot rasmiy emasligini aytib o‘tdi. Uning aytishicha, bunday ma'lumot faqatgina Markaziy bank rasmiy saytida e'lon qilinganidan keyingina, ma'lumotga rasmiy deb qaralsa bo‘lishini ta'kidladi.
Shuningdek, Majid Tohirov aholi o‘rtasida bunday mish-mishlarni tarqatadigan va bunday banknotalarni suratlarini e'lon qiladigan ijtimoiy tarmoqdagilarga nisbatan chora ko‘rilishi Markaziy bank vakolatiga kirmasligini ham ta'kidladi.
Mavzuga oid
17:27 / 16.05.2025
O‘zbekistonliklar go‘sht, sut va yonilg‘i narxlari oshishini ko‘proq sezishyapti
10:11 / 04.05.2025
Muddatli to‘lov bozorini tartibga solish boshlanadi
20:43 / 30.04.2025
Kartadan kartaga katta miqdorda pul o‘tkazishda qo‘shimcha himoya choralari kiritiladi
12:24 / 24.04.2025