Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin rahbariyatini qattiq tanqid qilgan – OAV
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Falastin rahbariyati, jumladan prezident Mahmud Abbosni tinchlikka erishish imkoniyatlaridan voz kechgani uchun tanqid qilgan. Bu haqda AQSh va Isroil manbalariga iqtibos keltirgan holda Axios nashri xabar berdi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu holat 27 mart kuni Nyu-Yorkda yahudiy tashkilotlar yetakchilari bilan yopiq yig‘ilishda yuz bergan.
“Oxirgi o‘nlab yillar davomida Falastin rahbariyati unga tinchlikka erishish uchun bildirilgan barcha takliflarni rad etib, birin-ketin imkoniyatlarni qo‘ldan chiqardi. Falastinliklar uchun taklifni qabul qilish va muzokaralar stoli atrofiga o‘tirish yoki ovozini o‘chirib, shikoyat qilishni bas qilish vaqti keldi”, deb aytgan valiahd shahzoda.
Shahzoda, shuningdek, Saudiya Arabistoni uchun Falastin masalasi emas, balki Eronning mintaqadagi ta'siri ustuvor masala ekanligini aytgan.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
23:20 / 25.05.2025
Malta iyun oyida Falastin mustaqilligini tan oladi
17:55 / 21.05.2025
G‘arbning asosiy davlatlari Falastinni tan olmoqchi. Bu nimani o‘zgartiradi?
10:39 / 20.05.2025