Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya armiyasining Halab yaqinidagi qurol ombori aviazarbadan so‘ng yonib ketgan
Xama va Halab yaqinidagi Suriya armiyasi qurol-yarog‘ omboriga uyushtirilgan hujum oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda RIA «Novosti» Suriya huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbaga asosan xabar qilmoqda.
«Hujum Suriya armiyasining Xama yaqinidagi 47-brigadasi qurol-yarog‘ omboriga qarshi qaratilgandi. Natijada kuchli portlashlar va katta yong‘in yuz berdi», - deya aytib o‘tdi u.
Manba ma'lumotlariga ko‘ra, gap, katta ehtimol bilan, aviazarba haqida ketmoqda.
Agentlikning aniqlik kiritishicha, Halabdan sharqda joylashgan va zarbaga uchragan qurol ombori An-Nayrab aeroporti hamda Al-Malikiya o‘rtasida joylashgan.
Avvalroq Suriya armiyasining Xama va Halab shaharlari chekkalaridagi harbiy obektlariga raketalar bilan hujum qilingani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025