Turkiya tajribasidan unumli foydalanishimiz kerak – Shavkat Mirziyoyev

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston va Turkiya prezidentlarining ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Shavkat Mirziyoyevning aytishicha, Turkiya fuqarolari uchun vizalar bekor qilingani turizm rivojiga katta turtki berdi.
«Vizani bekor qilganimiz turizmga katta turtki berdi. Endilikda, katta mehmonxonalar qurishimiz, infratuzilmani rivojlantirishimiz lozim. Turkiya bu sohada katta tajribaga ega, uning bu tajribasidan unumli foydalanish bo‘yicha yo‘l xaritasiga qo‘l qo‘ydik. Ziyorat turizmi bo‘yicha imkoniyatlardan foydalanish bo‘yicha ham tegishli shartnomalar imzolandi», - dedi prezident.
«Prezident Erdo‘g‘an Turkiy tildagi davlatlar yig‘ilishi kengashining Turkiyadagi ofisida faqat O‘zbekiston bayrog‘i yetishmayotgani haqida aytdi. Bugun bayrog‘imiz hilpirab turishi bo‘yicha ham ijobiy natijaga erishdik. Turkiy tildagi davlatlar yig‘ilishining navbatdagi sammiti Bishkekda bo‘lib o‘tadi, O‘zbekiston ham unda qatnashadi», - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid

15:56 / 15.04.2025
Istanbulda o‘zbekistonlik ayol erini o‘ldirishda gumonlanmoqda

10:49 / 14.04.2025
O‘zbekistonliklar Turkiyadagi yolg‘on ish takliflari haqida ogohlantirildi

18:12 / 12.04.2025
Istanbulning sobiq meri ustidan sud jarayoni yozga qoldirildi

18:19 / 09.04.2025