O‘zbekiston | 14:17 / 01.05.2018
40527
2 daqiqa o‘qiladi

Mirziyoyev va Erdo‘g‘an Bahouddin Naqshband maqbarasiga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Buxoroga tashrifi avvalida Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildilar. Qur'on tilovat qilindi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbek va turk xalqlarining dini, ma'naviy qadriyatlari bir. Yurtimizda yashagan avliyo va allomalar Turkiyada ham e'zozlanadi. Bahouddin Naqshband ana shunday siymolardan biridir. 

Oliy martabali mehmonga uning hayoti, islom dini rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, «Ko‘ngling Allohda, qo‘ling mehnatda bo‘lsin» degan g‘oyaning mazmun-mohiyati haqida so‘zlab berildi.

Mustaqillik yillarida bu maskan yurtdoshlarimiz va xorijiy sayyohlar ko‘p keladigan ziyoratgohga aylandi.

Turkiya prezidenti O‘zbekiston buyuk allomalar yurti ekanini, xalqimiz tarixi va ma'naviyatiga hurmati balandligini ta'kidladi. Ziyorat turkiyalik mehmonlarda katta taassurot qoldirgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Buxoroda Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni kutib olgani  xabar qilingandi.

Mavzuga oid