2017 yilda Rossiya fuqaroligini olgan o‘zbekistonliklar soni ma'lum bo‘ldi
2012 yildan 2017 yilgacha bo‘lgan davrda Rossiya fuqaroligini olgan xorijliklar soni deyarli uch barobarga oshdi. Bu haqda RT Rossiya IIV tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga asosan xabar tarqatdi.
IIV ma'lumotlariga ko‘ra, bu raqam 95 737 kishidan 257 822 kishigacha o‘sgan. Mahkamadan bildirishlaricha, o‘sish Ukraina, Qozog‘iston, Tojikiston, Armaniston va O‘zbekistondan kelganlar hisobiga yuz berdi.
2017 yilda ukrainaliklar eng ko‘p Rossiya pasportini oldi - 85 119, bu besh yil avvalgi ko‘rsatkichdan deyarli yetti marotabaga yuqori.
O‘tgan yilda ikkinchi o‘rinni qog‘ozistonliklar egalladi - 40 718 kishi (2012 yilda - 14 585), uchinchi – Tojikistondan bo‘lganlar (2012 yilda - 9773).
Shuningdek, Rossiya fuqaroligini eng ko‘p olgan shaxslar orasida Armaniston (25 144 kishi) va O‘zbekistondan (23 334 kishi) bo‘lganlar ham bor.
Mavzuga oid
16:15
Putin Rossiyaning yangilangan yadroviy doktrinasini tasdiqladi
15:42 / 14.11.2024
Rossiyadan Venesuelagacha: tabiiy boyliklar bo‘yicha eng boy davlatlar
17:39 / 07.11.2024
BMT Markaziy Osiyoda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar soni kamayganini qayd etdi
21:00 / 07.10.2024