O‘zbekiston | 00:46 / 02.05.2018
11763
1 daqiqa o‘qiladi

6ta viloyatda fotoelektr quyosh energiyasi ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi

“SkyPower Global” xorijiy kompaniyasi yurtimizda umumiy qiymati 1,3 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘lgan investitsiya loyihalarini amalga oshiradi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali xabar qilingan.

Qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident​ qaroriga ko‘ra, “SkyPower Global” xorijiy kompaniyasi O‘zbekistonda umumiy qiymati 1,3 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘lgan fotoelektr quyosh energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha obektlarni loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish, egalik qilish va foydalanish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshiradi.

Shunga ko‘ra, Toshkent, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyati hokimliklariga ushbu loyihani amalga oshirish uchun belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratish vazifasi topshirildi.​

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid