Dubayda “Temir odam” havoga ko‘tarildi (video)
Britaniyaning Gravity Industries kompaniyasi rahbari Richard Brauning Dubayda “Temir odam” kostyumini taqdim qildi. Bu haqda Arabian Business nashri ma'lum qildi.
Ushbu holat videosi YouTube’da joylashtirilgan.
Kostyumning imkoniyatlari GISEC ko‘rgazmasiga tashrif buyurganlarga namoyish qilingan. Qurilma yordamida vertikal tarzda havoga ko‘tarilish mumkin, parvoz tezligi va yo‘nalishi qo‘llar yordamida nazorat qilinadi. “Temir odam” kostyumi shlem bilan birga taqdim qilinadi. Shlem yonilg‘i miqdorini ko‘rsatadi, parvoz xavfsizligi datchiklari va Wi-Fi’ga ega.
Daedulus Mark I deb nomlangan ushbu kostyum soatiga bir necha yuz kilometr tezlikka erisha oladi. U bir nechta kerosin dvigatel bilan jihozlangan. Avvalroq Brauning kostyumda 51,5 km/soat tezlikka erishgani uchun uning nomi Ginness rekordlar kitobiga kiritilgandi.
Mavzuga oid
01:49
Dubayda isroillik ruhoniy o‘ldirildi. Asosiy gumondor – o‘zbeklar
13:42 / 23.11.2024
Dubayda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
22:09 / 21.11.2024
Dubayda dunyodagi eng katta oltin yombi namoyish etildi
19:25 / 28.10.2024