Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Rossiya ishi». Myuller Trampga sud bilan tahdid qildi
Rossiyaning 2016 yilda AQShdagi prezidentlik saylovlariga aralashuvini surishtiruvdan o‘tkazayotgan maxsus prokuror Robert Myuller Donald Trampni sudga chaqirtirish bilan tahdid qildi. Bu prezident «Rossiya ishi» bo‘yicha so‘roqdan bosh tortsa yuz beradi, deya yozmoqda The Washington Post gazetasi to‘rt nafar manbaga asosan.
Avvalroq, The New York Times gazetasi Myuller Trampni so‘roq qilish uchun tuzib chiqqan savollar ro‘yxatini e'lon qilgandi. Maxsus prokuror ularni prezidentning advokatlariga yuborgani xabar berildi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Myuller Trampga sudga chaqiruv qog‘ozi yuborishni rejalashtirmoqda. Bu prezident savollarga javob berishdan bosh tortsa yuz beradi. Agarda bunday vaziyat yuzaga keladigan bo‘lsa, unda Qo‘shma Shtatlar rahbari Katta hay'at – kimgadir rasmiy ayblovlar qo‘yilishiga baho beruvchi sud maslahatchilari kollegiyasi oldida javob beradi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025