Texnika mo‘'jizasi: bir g‘ildirakli elektr mototsikl yaratildi (video)
Havaskor muhandis Jon Dingli bir g‘ildirakli, o‘z-o‘zini muvozanatlovchi elektr mototsikl deb atalgan transport vositasi Mega Hub Motor Electric Unicycle’ni ixtiro qildi. Bu transport vositasi mohiyatan 17 dyuymli g‘ildirak, uning ustida joylashgan o‘rindiqdan iborat mototsikldir. G‘ildirak 3000 vattlik elektromotor bilan harakatga keltiriladi.
Motosikl o‘z-o‘zini muvozanatlashiga unda 1950-yillarda ishlab chiqarilgan “Ural” mototsiklining ba'zi ehtiyot qismlarini qo‘llash hisobiga erishilgan.
Natijada Dingli antiqa qurilma yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Dingli ko‘plab videoroliklarida o‘z ixtirosini “ko‘z-ko‘z qilib”, unda qanday yurish kerakligini tushuntiradi. Uning aytishicha, “texnika mo‘'jizasi”da yurishni o‘rganib olish uchun 5 daqiqa kifoya qiladi. Motosikl anchagina tezyurar chiqqan. Dingli mototsiklida tezlashishdan xavotirlanib, u qanday maksimal tezlikka erisha olishini hozircha bilmayapti.
“Bir g‘ildirakli mototsiklning tezligini cheklovchi element hozircha o‘zim bo‘lmoqdaman. U oddiy mototsikl kabi boshqariladi, biroq barqarorligi ancha kamroq”, deb tan olgan Dingli ba'zi kamchiliklarni.