O‘zbekiston | 20:40 / 04.05.2018
28560
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahrida fuqarolarni propiskaga olish elektron tizimi ishga tushdi

Foto: KUN.UZ

Joriy yilning 1 may kunidan pasport-viza sohasidagi​  davlat xizmatlarini soddalashtirilgan tartib-taomillarini ta'minlovchi elektron tizimi ishlab chiqilib,​ Toshkent shahrida turgan joyi bo‘yicha hisobga olishni rasmiylashtirish hamda manzil ma'lumotlarini taqdim etish xizmatlari sinov tariqasida ishga tushirildi. ​Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi​ xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 iyuldagi “Ichki ishlar organlarining migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3126-sonli Qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda pasport-viza sohasidagi (doimiy, vaqtincha propiska va turgan joyi bo‘yicha hisobga olishni rasmiylashtirish hamda manzil ma'lumotlarini taqdim etish) davlat xizmatlarini soddalashtirilgan tartib-taomillarini ta'minlovchi elektron tizimi ishlab chiqilmoqda. 

Xabarda ushbu tizim sinov tariqasida ishlatilayotganligi sababli davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida texnik nosozliklar yoki xatoliklar yuzaga kelishi istisno etilmagan. Shunday vaziyatda tizimni yaxshilash bo‘yicha takliflar bo‘lsa, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining apaat@intal.uz elektron pochtasiga ma'lumot yuborish mumkin.

Mavzuga oid