Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh armiyasi neyrotarmoqlar evaziga askarlarni 13 marta tezroq o‘qitmoqda
Foto: Svyatoslav Ivanov
Janubiy Kaliforniya universiteti va AQSh armiyasi laboratoriyalari olimlari askarlarga diqqat-eʼtibor, xotira va ratsionallikni mashq qilishga imkon beruvchi sun'iy ong tizimini yaratishdi. Bu tizim orqali askarlarni o‘qitish 13 marta tezlashgan, deb yozmoqda EurekAlert nashri.
Sun'iy ong texnologiyasi jangchilarga dunyoning turli joylaridagi janglar haqidagi ma'lumotlarni birlashtirib, qayta ishlashga imkon beruvchi, askarlarni o‘qitish tizimining bir qismi bo‘ladi. Bundan tashqari, neyrotarmoq nafaqat o‘rgatuvchi unsur, balki jang vaqtida maslahatchi bo‘lishi ham mumkin – uning yordamida statistik xatolardan yoki yil fasli va landshaftga xos bo‘lgan kamchiliklardan qochish mumkin bo‘ladi.
Olimlar tizimni yaratishda dasturlanuvchi ventil matritsalar – sun'iy ong yaratish uchun mikrochiplarni qo‘llashgan. Bu ularni harbiy texnika va askarlarning jangovar kostyumlariga o‘rnatishga hamda elektr iste'molini 10 marta kamaytirishga imkon beradi.
Armiyada sun'iy ong nafaqat askarlarni, balki robotlarni o‘qitish uchun ham qo‘llanadi. AQSh armiyasi laboratoriyalari va Texas universiteti olimlari robotlarni instruktor inson bilan hamkorlikda vazifalarni bajarishga o‘rgatuvchi algoritm ishlab chiqishdi.
Mavzuga oid
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025