Fan-texnika | 18:31 / 05.05.2018
7427
1 daqiqa o‘qiladi

InSight missiyasi Marsga parvoz qildi

AQShning Kaliforniya shtatida joylashgan Vandenberg kosmodromidan Toshkent vaqti bilan soat 16:05da Marsni tadqiq etishga mo‘ljallangan InSight zondiga ega Atlas V raketasi parvoz qildi. Parvoz jarayoni NASA tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi.

Foto: AP Photo / Bill Ingalls / NASA
Foto: AP Photo / Bill Ingalls / NASA

InSight apparati – Mars ichki qatlamlarini tadqiq etish bo‘yicha birinchi missiya. Zond sayyorada ichki jinslar va meteoritlar zarbalari harakatini o‘lchash uchun seysmograf o‘rnatadi. Shuningdek, burg‘ilash ishlarini amalga oshiradi va turli tajribalarni o‘tkazadi. Bu olimlarga Qizil sayyora shakllanishi hamda rivojlanishi haqida ko‘proq bilib olish imkonini beradi.

Foto: RIA Novosti /Alina Polyanina
Foto: RIA Novosti /Alina Polyanina

Qurilma sayyoralar nomiga ega mikrochiplar bilan jihozlangan. Marsga zond noyabr oyida yetib kelishi rejalashtirilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid