Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘rikzor» bozori yonida 4 500 dollarni o‘margan shaxs ushlandi
Toshkent shahrining Uchtepa tumanida 3 may kuni soat 15.30larda, Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida yashovchi B.T. o‘zining “Neksiya” rusumli avtomashinasida shu tumanda yashovchi G.K.ni “O‘rikzor” bozoriga olib kelib, G.K. bozorga kirib ketgan vaqtida avtomashina oldi o‘rindig‘ida qoldirilgan sumkasi ichidan 4505 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, B.T. ushlangan.
Shuningdek, Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida 3 may kuni Qumbosti qishlog‘ida yashovchi J.Sh. IIBga murojaat qilib, shu yil 2 may kuni soat 01.30larda noma'lum shaxs “Sharq” MFYda joylashgan avtomobillarni ta'mirlash ustaxonasi eshigi qulfini buzib kirib, u yerdan 5 mln. so‘m, 1 dona “Lenovo” rusumli noutbuk, fleshka va 3ta avtomashinalarni diagnostika qiluvchi apparatlarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni “Qo‘riq” MFYda yashovchi M.R. sodir etganligi aniqlanib ushlangan.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
20:04 / 18.04.2025
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
14:35 / 15.03.2025
Peruda pul o‘g‘irlagan maymun politsiya tomonidan qo‘lga olindi
16:29 / 06.03.2025