Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Zelandiyada ulkan yoriq paydo bo‘ldi (video)
Yangi Zelandiyadagi fermada chuqurligi 6 qavatli uy balandligidek, uzunligi ikkita futbol maydonidek keluvchi ulkan yoriq paydo bo‘ldi.
Yoriq bir necha kun yoqqan yomg‘irdan keyin Rotorua shahri yaqinida hosil bo‘lgan. Ferma boshqaruvchisi Kolin Tremeynning aytishicha, “Tomo” deb nom olgan yoriq 30 aprelda hosil bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Uning uzunligi 180 metrga, eni va chuqurligi 20 metrga baholangan.
Bu oxirgi yillarda fermada hosil bo‘lgan 9-yoriqdir. Yangi zelandiyalik vulqonshunos Bred Skottning ta'kidlashicha, bu yoriq u avval ko‘rgan istalgan boshqa yoriqdan 3 marta kattadir.
Yoriq olimlarda muayyan qiziqish uyg‘otgan, chunki oxirgi marta 60 ming avval otilgan qadimiy vulqon krateri ustida hosil bo‘lgan.
Mavzuga oid
21:05 / 02.04.2025
Yangi Zelandiyada politsiya xatosi sabab 11 yoshli qiz ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi
11:14 / 31.01.2025
Yangi Zelandiyadagi Taranaki tog‘i yuridik shaxs deb tan olindi
22:08 / 19.12.2024
Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi ilk bor smartfonlarda ishlay boshladi
19:28 / 27.11.2024