Sport | 15:37 / 06.05.2018
10945
2 daqiqa o‘qiladi

Qudratillo Abduqahhorov professional boksdagi 15-g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Foto: KUN.UZ

«O‘zbekiston» sport majmuasida kechgan eng muhim janglardan birida yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasida ishtirok etuvchi Qudratillo Abduqahhorov tanzaniyalik Tvaxa Kassimuga qarshi ringga chiqdi.

WBC talabiga ko‘ra, bu yo‘nalishdagi kamar sohibi o‘z unvonini uch oy muddatda faqatgina bir marta himoya qilish imkoniyatiga ega sanaladi. Mart oyida Abduqahhorov kamarini himoya qiluvchi jangda vengriyalik Laslo Totni mag‘lubiyatga uchratgandi. Shu boisdan Toshkentda o‘tgan jangda u faqatgina reyting uchun jangga tushdi.

8 raund davom etgan jangda o‘zbekistonlik bokschining to‘liq ustunligi ostida kechdi. Ochkolar hisobiga ko‘ra, Abduqahhorov g‘alaba qozondi va professional boksdagi 15-jangida 15-g‘alabasini nishonladi.

Eslatib o‘tamiz, may oyidagi reytingga ko‘ra, Abduqahhorov WBC yo‘nalishida o‘z vazn toifasi bo‘yicha 4-o‘ringa qadar ko‘tarilib olgandi.

Mavzuga oid