Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda Aloqachilar kuniga bag‘ishlangan futbol musobaqasi o‘tkazildi
7 may - Aloqachilar kasb bayrami munosabati bilan Andijon shahrida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi hamda viloyat aloqa korxonalari kasaba uyushmalari bilan hamkorlikda mini futbol musobaqasi tashkil qilindi.

Musobaqada Andijon viloyati aloqa sohasi korxonalarining 11 ta jamoasi ishtirok etdi.

Jamoalar 3 guruhga bo‘lingan holda saralash uchrashuvlarini o‘tkazdilar.
Yarim final o‘yinlariga “O‘zbektelekom” AK Andijon filiali, AT “Aloqabank” Andijon filiali, Davlat feldʼegerlik xizmati Andijon shahar bo‘limi hamda “Andijon matbuot tarqatuvchi” MChJ jamoalari yetib keldi.

O‘yin natijalariga ko‘ra 3-o‘rin uchun olib borilgan uchrashuvda “O‘zbektelekom” AK Andijon filiali Davlat feldʼegerlik xizmati Andijon shahar bo‘limi ustidan 5-1 hisobida g‘alaba qozondi va 3-o‘rinni egalladi.

Finalda AT “Aloqabank” Andijon filiali va “Andijon matbuot tarqatuvchi” MChJ jamoalari kuch sinashdi. O‘yin yakunida “Andijon matbuot tarqatuvchi” MChJ 5-2 hisobda g‘alaba qozondi va musobaqa g‘olibiga aylandi.
Musobaqa yakunida g‘olib jamoaga hamda “Eng yaxshi darvozabon”, “Eng yaxshi himoyachi”, “Eng mohir to‘purar” va “Eng yoshi katta o‘yinchi”nominatsiyalarida o‘zini namoyon etgan xodimlarga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi, viloyat aloqa korxonalari kasaba uyushmalari, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, viloyat futbol assotsiatsiyasining esdalik sovg‘alari berildi.


KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov. Andijon
Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
07:50 / 24.05.2025