Iqtisodiyot | 22:25 / 07.05.2018
6400
2 daqiqa o‘qiladi

Nima uchun Nestle Starbucks'ga 7,15 mlrd dollar to‘laydigan bo‘ldi? 

Foto: abnews.ru

Shveytsariyaning Nestle oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi Starbucks'ga shu nomli brend ostidagi mahsulotni sotish huquqi uchun 7,15 milliard dollar to‘laydigan bo‘ldi. Bloomberg kompaniyalarning qo‘shma bayonotiga asoslanib, shu haqida xabar berdi

Nestle va Starbucks alyans tuzishga kelishib olishdi, uning doirasida Nestle o‘zining Nespresso va Dolce Gusto qahva-kapsulalarini sotishda Starbucks brendidan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, Starbucks kompaniyasining 500 xodimi Nestle'ga o‘tadi.  Tayyor Starbucks mahsuloti va qahvaxonalardagi sotuvlar kelishuvga kirmaydi. Tomonlar bitimni 2018 yilning oxirigacha yopishni rejalashtirishmoqda. 

Starbucks tushgan pullarni aksiyalar va dividendlarni tezlashtirishga yo‘naltiradi, kompaniya 2020 yilgacha aksiyadorlarga 20 milliard dollarni qaytarishni rejalashtirmoqda. Nestle Starbucks brendi ostidagi mahsulot sotuvlari hajmini 2 milliard dollarga baholamoqda va bitim 2019 yildayoq daromad o‘sishiga ta'sir ko‘rsatishiga umid qilmoqda. 

 

Mavzuga oid