Sport | 22:36 / 07.05.2018
6868
1 daqiqa o‘qiladi

Superligada hakamlik bo‘yicha yangilik joriy qilinadi

Foto: pfl.uz

Superliganing 11-turidan joy olgan «Nasaf» - «Paxtakor» o‘yinida yangilik joriy qilinadi.

Markaziy bahsda Superliga tarixida ilk marta 5 nafar hakamdan iborat guruh ish olib boradi, deb xabar bermoqda PFL sayti. 

O‘yin bosh hakami – Ravshan Ermatov. Unga qanotlarda A. Rasulov hamda J. Saidov yordam berishadi. Darvoza chizig‘ida esa V. Kovalenko hamda A. Risqullayev ishlaydi. Zaxira hakami vazifasini A. Najafaliyev bajaradi.  

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilda Birinchi liga 3-turidan o‘rin olgan «NBU-Osiyo» – «Zomin» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda o‘zbek futboli tarixida ilk bora darvoza chizig‘idagi hakamlar sinovdan o‘tkazilgan edi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid