Jamiyat | 14:37 / 07.05.2018
15282
2 daqiqa o‘qiladi

Tomorqasida 71 tup marixuanani parvarishlab kelgan shaxs qo‘lga olindi

2018 yil 27 aprel kuni Surxondaryo viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan Denov tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, Denov tumani, Feruz ko‘chasida yashovchi 1956 yilda tug‘ilgan K.Z.ning yashash uyi va yordamchi xo‘jaliklari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Surxondaryo viloyati IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu fuqaro yashash uyi tomorqasida jami 71 tup “marixuana” giyohvandlik o‘simligini ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlangan va xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi. K.Z.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Foto: Surxondaryo viloyati IIB matbuot xizmati
Foto: Surxondaryo viloyati IIB matbuot xizmati
Foto: Surxondaryo viloyati IIB matbuot xizmati

Hozirda ushbu holat yuzasidan viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Mavzuga oid