Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Pashinyanni tabrikladi
AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Hizer Nauertning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Armaniston yangi bosh vaziri Nikol Pashinyanni bu lavozimga saylangani bilan tabriklaydi va yangi hukumat bilan qalin hamkorlik qilishga umid bildirmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilgan.
«Qo‘shma Shtatlar Nikol Pashinyanni Armaniston yangi bosh vaziriga aylangani bilan tabriklaydi. Biz yangi hukumat va Armaniston xalqi bilan mamlakatlarimiz manfaati mos keladigan ko‘plab sohalarda qalin hamkorlik qilishga umid bildirmoqdamiz. Jumladan, savdo, demokratiyani qo‘llab-quvvatlash va huquq ustuvorligi hamda mintaqaviy va global xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlashga katta e'tibor qaratamiz», - deya ma'lum qildi Nauert.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armaniston prezidenti Pashinyanni iste'dodli siyosatchi deb atagandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025