Google qo‘l ishorasi bilan boshqariluvchi Android P tizimini taqdim qildi
Google kompaniyasi 2018 yil kuzida chiqariladigan Android P operatsion tizimining beta-talqinini namoyish qildi. Unda bir qator yangiliklar qo‘llanishi kutilmoqda.
Smartfondan foydalanishni nazorat qilish
Android P tizimida qurilmadan foydalanish haqidagi ma'lumotlar paneli paydo bo‘ladi. Unda foydalanuvchi turli ilovalar uchun kuniga qanchalik vaqt sarflashi, qancha miqdorda xabar olishi va boshqa ma'lumotlar aks etadi. Google fikriga ko‘ra, bu biror narsani o‘tkazib yuborishdan qo‘rqib, telefonni har doim qo‘lda ushlab yurish odatini tark etishga yordam beradi.
Qo‘l ishorasi bilan boshqarish
Android P tizimida iPhone X kabi, qo‘l ishorasi bilan boshqarish imkoniyati paydo bo‘ladi. Asosiy ekranda uchta knopka o‘rniga bittasi qoladi. U boshqarish uchun ishlatiladi. «Orqaga qaytish» knopkasi faqat menyu va ilovalarda paydo bo‘ladi.
«Uyga» knopkasi orqali ishlatiladigan ishoralar ro‘yxati:
Bosish — asosiy ekranga qaytish.
Uzoq vaqt bosish — Google Assistant ilovasini ishga tushirish.
Yuqoriga qisqa svayp — so‘nggi ochilgan ilovalarga o‘tish.
Yuqoriga uzun svayp — ilovalar ro‘yxatini ishga tushirish.
O‘ng tomonga svayp — yaqinda ishlatilgan ilovalar ro‘yxati, avval u alohida knopka yordamida ochilgan.
Foydalanuvchiga adaptatsiya bo‘lish
Android P foydalanuvchining harakatlaridan kelib chiqib, telefonni sozlash xususiyatiga ega bo‘ladi. Masalan, foydalanuvchi ekran yorug‘ligini qanday sozlagani va ilovalardan qanday foydalanayotganini tahlil qilib, akkumulyatorning holatini nazorat qilib boradi. U foydalanuvchi ishlatmaydigan ilovalarni o‘chirib qo‘yishi va yorug‘likni optimal darajaga keltirishi mumkin.
Google xabariga ko‘ra, Android P quyidagi smartfonlarda paydo bo‘ladi: Google Pixel, Google Pixel 2, Sony Xperia XZ2, Xiaomi Mi Mix 2S, Nokia 7 Plus, Oppo R15 Pro, Vivo X21, OnePlus 6, Essential PH-1.
Mavzuga oid
22:19 / 14.11.2024
Googleʼning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi
23:48 / 06.11.2024
Android 16 operatsion tizimi har doimgidan ertaroq chiqariladi
22:10 / 03.11.2024
Google tasodifan Ukrainadagi harbiy obektlarning xaritalarini oshkor qildi
20:32 / 30.10.2024