9 mayda urush faxriylariga qaysi davlatda eng ko‘p moddiy yordam berildi?
Xotira va Qadrlash kuni — 9 may kuni MDH davlatlarida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 73 yilligi keng nishonlandi va ularning barchasi urush faxriylarga bir martada to‘lab beriladigan moddiy yordam berish haqida davlat rahbari yoki hukumat qarorlari chiqarildi.
Unga ko‘ra, eng katta miqdordagi moddiy yordam (1549 AQSh dollari miqdorida milliy valutada) Qozog‘istonda berilgan bo‘lsa, o‘zbekistonlik urush faxriylariga berilgan 5 million so‘m (620 AQSh dollari) miqdoridagi moddiy yordam bu boradagi ko‘rsatkichlar ichra ikkinchi bo‘lib turibdi.
Shuningdek, internetda tarqatilgan rasmiy ma'lumotlar asosida to‘plangan xulosalarga ko‘ra, faxriylarga Ozarboyjonda — 587 dollar, Qirg‘izistonda — 220 dollar, Tojikistonda — 170 dollar, Rossiyada — 159 dollar, Moldovada — 60 dollar, Ukrainada — 48 dollar, Turkmanistonda — 11 dollardan moddiy yordam berilgan.
Mavzuga oid
16:21 / 06.10.2024
Urushda nemislar tomonida turib jang qilgan sotqin guruhlar
16:28 / 23.08.2024
Molotov-Ribbentrop paktiga 85 yil: sovetlar nega hitlerchilar bilan hamkorlik qilgandi?
15:52 / 09.06.2024
Ikkinchi jahon urushidagi eng yirik sotqinlik – general Vlasov nega o‘z armiyasi bilan nemislar tomonga o‘tib ketgandi?
09:56 / 08.10.2023