Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
La Liga. "Barselona" "Vilyarreal"ni yirik hisobda mag‘lub etdi
"Barselona" o‘z maydonida Ispaniya chempionatinng qoldirilgan 34-turida "Vilyarreal"ni qabul qildi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv mezbonlarning 5:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Mezbonlar tarkibida Dembele dubl qayd etgan bo‘lsa, Koutino, Paulino hamda Messi o‘z hisobiga 1tadan gol yozib qo‘ydi. Mehmonlarning yagona goli Sansone tomonidan kiritildi.
Barselona – Vilyarreal 5:1
Gollar: 1:0 – 11 Koutino, 2:0 – 16 Paulino, 3:0 – 45 Messi, 3:1 – 54 Sansone, 4:1 – 87 Dembele, 5:1 – 90 Dembele.
Barselona – Sillessen, Pike (Mina, 80), Din, Nelson Semedu, Vermalen, Inesta (Suares, 61), Buskets (Rakitich, 65), Koutino, Paulino, Dembele, Messi.
Vilyarreal – Asenxo, Alvaro Gonsales, Kosta, Mario Gaspar, Ruis, Rodri Ernandes, Trigeros (Xavi Fuego, 57), Fornals, Kastilexo, Cheryshev (Sansone, 46), Bakka (Unal, 70).
Ogohlantirishlar: Ruis (44), Xavi Fuego (72), Mario Gaspar (82).
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
21:21 / 11.05.2025