Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni Eronning harakatlariga javob qaytaradi
Saudiya Tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr ma'lum qildiki, agar Eron yadroviy dasturni rivojlantirishni tiklasa, saudiyaliklar ham yadro quroliga ega bo‘ladi. Bu haqda u CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Biz o‘z odamlarimizni himoya qilish uchun nima talab etilsa, barchasini qilamiz. Bundan ham avval bir necha marta ma'lum qilganmiz, agar Eron yadro quroliga ega bo‘lsa, bizda ham bo‘ladi», — degan Odil al-Jubayr.
U Eron bilan yadro kelishuvi avvalboshdan mukammal emasdi va ballistik raketalar ishlab chiqarilishiga ham, Eronning terrorizmni qo‘llashiga ham hech qanday ta'sir ko‘rsata olmasdi. Shuningdek, vazir Saudiya Arabistoni o‘z yadroviy bombasini ishlab chiqishni istamasligi, ammo Eronning ehtimoliy harakatlariga mos ravishda javob qaytarish zarurligini ta'kidlab o‘tgan.
Mart oyida Saudiya Arabistoni taxti valiahdi shahzoda Muhammad ibn Salmon Al Saud mamlakatda Eronning harakatlariga javoban yadroviy qurol paydo bo‘lishi mumkinligini aytib o‘tgandi. U shuningdek, yaqin yillarda Eron va Saudiya Arabistoni o‘rtasida urush boshlanishi mumkinligini istisno etmagandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025