Jahon | 19:26 / 12.05.2018
5813
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreyadagi yadroviy poligon may oxirida yopiladi

Foto: REUTERS

Shimoliy Koreyadagi Pxungeri yadroviy poligonining ommaviy yopilishi marosimi 23 maydan 25 maygacha oraliqda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Shimoliy Koreya tashqi ishlar vazirligi ma'lum qilgan.

Vazirlikda ta'kidlanishicha, marosimning o‘tishi sanasi ob-havo sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Hozirda Pxenyan poligonni yopish uchun tegishli texnik tayyorgarlik olib bormoqda.

Ta'kidlanishicha, marosimda Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya, AQSh va Buyuk Britaniyadan jurnalistlar ishtirok eta oladilar. 

Pxungeri yadroviy poligonining yopilishiga Janubiy Koreya va Shimoliy Koreya yetakchilari o‘rtasidagi muzokaralarda kelishilgan. Kim Chen In poligon yopilishi jarayoni ortidan kuzatish uchun jurnalistlarni va xavfsizlik sohasidagi mutaxassislarni chaqirishga va'da bergan. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid