Light | 22:26 / 12.05.2018
46874
2 daqiqa o‘qiladi

Sog‘lom va chekuvchi odamlarning o‘pkalari namoyish qilindi (video) 

AQShning Shimoliy Karolina shtatidan bo‘lgan Amanda Eller tamaki chekuvchi odamlarning organizmi qanday ko‘rinishga ega bo‘lishini video orqali namoyish qildi.

Videoda pushti rangdagi sog‘lom o‘pka va 20 yil davomida kuniga bir pachkadan sigaret chekkan odamning qora rangdagi o‘pkasini ko‘rish mumkin.

Hamshira bo‘lib ishlovchi Amanda o‘pkalarni birin-ketin havoga to‘ldiradi. Chekuvchi odamning o‘pkasi elastikligini yo‘qotgan bo‘lib, sog‘lom o‘pkaga nisbatan tegishli hajmda shishmaydi.

Ta'kidlanishicha, surunkali obstruktiv kasallik va saratonda o‘pka o‘z elastikligini yo‘qotadi – u kengayadi, biroq tezda puchayib qoladi.

So‘ngra kasal o‘pkaga maxsus klapan ulangan. Bu klapan nafas olishning og‘ir buzilishlari bilan kechuvchi mukovistsidoz bilan kasallanganlarning nafas yo‘llarini tozalash va ochishda yordam beradi. Faqat shundan keyingina chekuvchi odamning o‘pkasi sog‘lom o‘pka kabi ishlay boshlagan.

Amanda ushbu rolikni feysbukda joylashtirgan va bir necha kun ichida 600 mingdan ko‘proq repost to‘plagan. Foydalanuvchilar ikki lagerga bo‘linganlar. Ulardan bir qismi chekishga qarshi fikrlar bildirishgan va bu zarariy odatdan qanday qutulganlari haqida so‘zlab berishgan. Biroq chekishdan voz kechishni xayollariga ham keltirmaydiganlar topilgan.

“Men 12 yil davomida kuniga bir pachkadan sigaret chekardim. 2 yil avval chekishni tashladim. Bunday videolar buni tezroq va osonroq amalga oshirishga yordam beradi”, deb aytgan foydalanuvchilardan biri.

Mavzuga oid