Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAA Hindistondagi strategik neft omboriga ilk yukni yubordi
BAA Hindistonning g‘arbidagi Mangalorda joylashgan strategik neft omboriga ushbu davlat buyurtmasi bilan neft ortilgan ilk tankerni yubordi. Bu haqda BAAning WAM axborot agentligi ma'lum qildi.
Tanker o‘z bortida 2 mln barrel neft olib ketmoqda. Umumiy hisobda BAA Hindistonning strategik neft zaxiralari saqlanuvchi ushbu omborga 5,86 mln barrel neft yuboradi.
Ma'lum qilinishicha, Abu-Dabining milliy neft kompaniyasi (ADNOC) Hindistonning strategik neft zaxiralariga qo‘yilgan ilk xorijiy hamkor bo‘ldi. Tegishli kelishuv fevralda imzolangan.
Ta'kidlanishicha, BAA neft zaxiralari Hindistonning energetik xavfsizligini ta'minlashda yordam beradi hamda ADNOC’ga mahalliy bozorga neftni qulayroq yetkazishga imkon beradi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025