G‘azoda «Halokat kuni». Halok bo‘lgan falastinliklar soni ortib bormoqda

Foto: Reuters / Ibraheem Abu Mustafa
G‘azo sektorida isroillik harbiylar bilan to‘qnashuv oqibatida halok bo‘lgan falastinliklar soni 37 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligiga asoslangan holda Associated Press xabar tarqatgan.
To‘qnashuvlar oqibatida jarohatlanganlar soni 3000 nafarga yaqinlashgan.
Dastlabki xabarlarda namoyishlar vaqtida 10 kishi halok bo‘lgani aytilgandi. Shundan beri qurbonlar soni ortib bormoqda.
13-14 may kunlarida G‘azo sektorida AQSh Isroildagi elchixonasini Tel-Avivdan al-Qudsga (Quddus) ko‘chirishidan norozi bo‘lgan falastinliklar namoyish o‘tkazdi, bu namoyish qurolli to‘qnashuvlarga aylanib ketdi.
Qolaversa, 15 may kuni falastinliklar uchun Nakba kunidir, bu kunni «Halokat kuni» deb ham atashadi. Bu kun 1948 yil 14 mayida Isroil davlatiga asos solinishidan keyin kelib chiqqan.



Bugun, mahalliy vaqt bilan soat 16:00da Al-Qudsda Amerikaning yangi elchixonasi ochilish marosimi boshlandi.
Mavzuga oid

10:14 / 05.03.2025
Arab sammiti Misrning G‘azo sektori bo‘yicha rejasini qo‘llab-quvvatladi

12:12 / 04.03.2025
Isroil: G‘azoda bir necha oyga yetadigan oziq-ovqat bor

21:41 / 18.02.2025
Hamas G‘azo boshqaruvini topshirishga rozi. Bu amalga oshadimi?

17:47 / 15.02.2025