O‘zbekiston | 14:50 / 14.05.2018
17838
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda prezident tashabbusi bilan yangi konsepsiya ishlab chiqilmoqda

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan O‘zbekiston yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish Kontseptsiyasi ishlab chiqilmoqda.

Respublika aholisining qariyb 60 foizini yoshlar tashkil qiladi. Bu O‘zbekistonni taraqqiyotning mutlaqo yangi darajasiga olib chiqishga qodir bo‘lgan ulkan ijodiy va intellektual salohiyatdir.

Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish yoshlarning huquqlarini himoya qilish, ularning tiklanishi va rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, o‘z ijodiy salohiyatini jamiyat ravnaqi yo‘lida amalga oshirishi uchun zarur ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan.  

Siz yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish Kontseptsiyasi shakllantirishda bevosita ishtirok etish imkoniyatiga egasiz.

Fikr-mulohaza, g‘oyalarni yoshlar@devon.uz elektron manziliga yuborish mumkin. 

 

Mavzuga oid