Jahon | 16:22 / 15.05.2018
5585
1 daqiqa o‘qiladi

Patrushev: Rossiyada yoshlar o‘rtasidagi ekstremizmga xorijiy maxsus xizmatlar aybdor

Foto: RIA Novosti /Sergey Guneyev

Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushevning ma'lum qilishicha, Rossiyada yoshlar o‘rtasidagi ekstremizm xorijiy maxsus xizmatlar va ular tomonidan nazorat qilinuvchi tuzilmalar tomonidan rag‘batlantirilmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.

«Yoshlar orasida ekstremistik kayfiyatning paydo bo‘lishiga ta'sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar orasida xorijiy davlatlar maxsus xizmatlari va tashkilotlari hamda ular tomonidan nazorat qilinuvchi Rossiya muxolif tuzilmalari faoliyati bor», - deya aytib o‘tgan Patrushev kengash yig‘ilishida.

Uning ta'kidlanishicha, bunday faoliyat vatanparvarlik tuyg‘usi va an'anaviy qadriyatlarni qo‘porib tashlashga yo‘naltirilgandir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh va Rossiya Arktikada «harbiy raqobatga» kirishishi mumkin ekani xabar berilgandi

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid