Jamiyat | 11:30 / 15.05.2018
12180
1 daqiqa o‘qiladi

Respublika qizlar salomatligi markazi tashkil etildi 

Foto: O‘zA

“Qizlar va fertil yoshdagi ayollarga ko‘rsatiladigan akusher-ginekologik va tibbiy yordam xizmatlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram-kanalida xabar berilgan.

Qarorga muvofiq, qizlar va fertil yoshdagi ayollarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam xizmatlari sifatini oshirish maqsadida Respublika qizlar salomatligi markazi, hududlarda esa qizlar salomatligi markazlari tashkil etildi.

Respublika markazi, shu jumladan  qizlarga  texnologiyalarga asoslangan yuqori malakali ginekologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.

2018 yil 1 avgustga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligining “Ishonch telefoni” (1003) tarmog‘i tarkibida respublika hududida kunu-tun faoliyat ko‘rsatuvchi “tezkor aloqa” tarmog‘i tizimi joriy etiladi.

Mavzuga oid