Jahon | 11:23 / 15.05.2018
8066
2 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreya Pxungeri yadroviy poligonini buzishni boshlab yubordi – OAV

Foto: AFP / PEDRO UGARTE

Shimoliy Koreyada Pxungeri yadroviy poligonining bartaraf etilishi boshlab yuborildi. Bu haqda AQShning 38North sayti 7 may kunida sun'iy yo‘ldoshlar tomonidan olingan suratlarga tayanib ta'kidlamoqda. Poligonning buzilish marosimi 23-25 may kunlariga belgilangandi.

“7 maydagi sun'iy yo‘ldoshdan olingan suratlar sinov poligonining demontaji to‘liq borayotganiga ishonchli isbotlar keltiradi”, deb yozmoqda nashr. 

Portalning ta'kidlashicha, bir nechta yordamchi bino buzib tashlangan. Shuningdek, vagonetkalar uchun relslar olib tashlangan. 

Ba'zi muhimroq inshootlar, jumladan ikkita eng katta bino – qo‘mondonlik punkti va ma'muriy binoga tegilmagan. Shuningdek, tunnellarga kirish joylari ochiq qolgan. Portalning taxminicha, bu poligonning yopilishi marosimida jurnalistlar ishtirok etishi va tunnellar ularning ko‘z o‘ngida portlatilib buzilishi va ularga kirish yo‘llari yopib tashlanishi bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin.

Ma'lum qilinishicha, poligondan barcha ilmiy xodimlar va qo‘riqchilar olib chiqiladi. Poligonning sinov shaxtasi portlatilib, so‘ngra yer sirtidagi barcha binolar buzib tashlanadi. Marosimda Janubiy Koreya, Xitoy, AQSh, Buyuk Britaniya va Rossiyadan jurnalistlar ishtirok etisha oladi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid