Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Rosatom» harbiy maqsadlar uchun yadro reaktorlari ishlab chiqayotgani aytildi
«Rosatom»da harbiy maqsadlarga mo‘ljallangan og‘ir suyuq holda metalldan iborat issiqlik tashuvchiga ega yadro reaktorlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanishmoqda. Bu haqda korporativ ma'lumotni oshkor etish markazi hisobotida aytilgan, deb yozmoqda RIA «Novosti».
«Og‘ir suyuq metalldan iborat issiqlik tashuvchilariga ega reaktor qurilmalari: davlat mudofaa buyurtmasi doirasida ishlar olib borilgan», - deyiladi «Rosatom» «OKB «Gidropress» AJning 2017 yil uchun hisobotida.
Hisobotda loyiha-konstruktorlik, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari haqida aytiladi. Ushbu ishlar haqida batafsil ma'lumot oshkor etilmayapti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Rosatom» O‘zbekiston bo‘yicha bayonot bergandi.
Mavzuga oid
16:51 / 13.05.2025
«Rosatom» O‘zbekistondagi kichik AES bloki uchun uskunalar ishlab chiqarishni boshladi
16:59 / 26.03.2025
«O‘zatom» va «Rosatom» O‘zbekistonda yirik quvvatli AES qurishni muhokama qildi
19:35 / 06.10.2024
Qozog‘istonda AES qurilishi bo‘yicha referendum o‘tkazilmoqda
13:49 / 01.10.2024