Texasdagi maktabda otishma sodir etildi. 10 kishi halok bo‘lgan
AQShning Santa-Fe shahridagi (Texas shtati) o‘rta maktabda mahalliy vaqt bilan soat 8 lar atrofida sodir etilgan otishma oqibatida 10 kishi, asosan o‘quvchilar halok bo‘lgan.
Ma'lum qilinishicha, halok bo‘lganlardan tashqari, o‘qotar jarohat olgan 10 kishi bor. Sherif Ed Gonsalesning ma'lum qilishicha, hujum qilganlar 2 kishi bo‘lgan va ular qo‘lga olingan.
Voqea joyida politsiya, maxsus xizmatlar, tez yordam brigadalari va shoshilinch xizmatlar xodimlari ish olib bormoqda.
Jurnalistlarning ma'lum qilishicha, bosqinchilardan biri, 17 yoshli Dimitrios Pagurti
san'at sinfiga kirib, miltiqdan o‘q uza boshlagan. Uning sherigi nima qilgani hozir aniqlashtirilmoqda. Ma'lum qilinishicha, bosqinchi shu maktabda tahsil olgan. Uni jinoyatni sodir etishga undagan sabablar hozircha noma'lumligicha qolmoqda.
Ma'lum qilinishicha, shuningdek, bir politsiyachi halok bo‘lgan. Maktabda portlovchi qurilmalarga o‘xshash buyumlar aniqlangan.
Texasdagi maktabda sodir etilgan otishmaga Vashingtonda munosabat bildirilgan. AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterda Santa-Fedagi otishma haqida ma'lum qilgan va “Voqea joyidan olingan ilk xabarlar juda qayg‘ulidir”, deb qo‘shimcha qilgan.
Texasdagi otishma AQSh maktablarida o‘qotar qurol qo‘llangan holda sodir etilgan oxirgi 7 kun ichidagi 3- va yil boshidan 22-holat bo‘ldi.
Mavzuga oid
11:50 / 20.09.2024
Wildberries ofisidagi otishmada ishtirok etganlar tergov izolyatoriga jo‘natildi
10:28 / 20.09.2024
AQShda sherif sudyani otib o‘ldirdi
21:09 / 19.09.2024
AQShdagi kimyo zavodida yuz bergan yong‘inni to‘rt kundan beri o‘chirib bo‘lmayapti
12:40 / 19.09.2024