Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumat qarori: “Chorvoq” erkin turistik zonasi tashkil etildi
“Chorvoq” erkin turistik zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram-kanali xabar berdi.
Qaror bilan “Chorvoq” erkin turistik zonasi chegaralari (94 805,32 gektar), erkin turistik zonani yanada rivojlantirish konsepsiyasi, Ustavi, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi tasdiqlanib, “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi” tashkil etildi.
Eslatib o‘tamiz, “Chorvoq” erkin turistik zonasi Toshkent viloyatining turizm salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish, zamonaviy investitsiya loyihalarini amalga oshirish orqali aholining dam olishi va turizmi uchun sharoitlarni yaxshilash, turizm xizmatlari sohasida yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligi hamda farovonligini oshirish maqsadida 2017 yil 5 dekabrdagi prezident farmoniga asosan tashkil etilgan.
Mavzuga oid: Ugom-Chotqol davlat biosfera rezervati tashkil etildi
Mavzuga oid
18:09 / 14.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Chorvoqdagi xalqaro turizm markazi taqdimoti bilan tanishdi
09:10 / 27.12.2024
Toshkent - Chorvoq mavsumiy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi
16:25 / 20.12.2024
Chorvoqda bir oilaning uch a’zosi gazdan zaharlanib vafot etdi
15:54 / 07.11.2024