Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Endi “Andijon - Toshkent” poyezdiga tosh otishdi
Joriy yilning 18 may kuni noma'lum shaxs Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida “Marg‘ilon-Oltiariq” temir yo‘l bekatlari oralig‘ida “Andijon-Toshkent” yo‘nalishida qatnovchi yo‘lovchi poyezdining oynasiga tosh otishi natijasida vagon oynasi darz ketgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida yo‘lovchi poyezdi oynasiga Yangi hayot MFYda yashovchi 57 yoshli X.D. tosh otganligi aniqlanib ushlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Afrosiyob” tezyurar poyezdiga yana tosh otishgan, IIV bayonot bilan chiqqani xabar berilgandi.
So‘ng oradan bir kun o‘tib, “Afrosiyob” tezyurar poyezdiga tosh otgan shaxs aniqlandi.
Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
23:01 / 26.05.2025