Jamiyat | 14:28 / 19.05.2018
66398
1 daqiqa o‘qiladi

Xizmatdagi xodim hayotiga suiqasd qilindi – IIV

Illyustrativ foto/ KUN.UZ

18 may kuni Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida jinoyat sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Majburiy ijro byurosi bo‘limi davlat ijrochisi B.B. MIB xodimlari bilan birgalikda “Yangiqo‘rg‘on” avtoshohbekatida joylashgan “Mahbuba Zulfiya” MChJga tegishli noqonuniy ravishda qurilgan devor va metall darvozani buzdirib majburiy ijro harakatlarini amalga oshirish uchun borganida, Dodxo MFYda yashovchi, muqaddam sudlangan A.A. xodimlarning ijro harakatlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qilib, B.B.ning boshiga chopqi bilan urib jarohat yetkazgan. 

Natijada B.B kasalxonaga yotqizilgan. A.A. ushlangan.

Mavzuga oid