Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google kodeksidan "Yovuz bo‘lma" shiori yo‘qoldi

Foto: Flickr/tangi bertin
Google o‘z xodimlari orasida tarqalgan "Yovuz bo‘lma" (Don't be evil) norasmiy shiorini o‘chirdi. Shior aprel oyi oxirida yoki may oyi boshida hech qanday e'lonlarsiz olib tashlangan. Gizmodo nashri shu haqida xabar berdi.
Manbada ta'kidlanishicha, Wayback Machine saytida sahifaning 21 apreldagi skrinida bu shior bo‘lgan, biroq 4 mayda saqlangan versiyada shior yo‘q. "Yovuz bo‘lma" tamoyili Google muhandisi Pol Bakxeyt tomonidan o‘ylab topilgan va 2000 yildan kompaniyaning axloq kodeksining bir qismi hisoblanar edi.
2015 yilda Google kompaniyasi Alphabet xoldingining bir qismiga aylanganida u shiorning biroz o‘zgartirilgan variantini o‘zlashtirdi — "To‘g‘ri ishlarni qil", biroq Google kodeksida u "Yovuz bo‘lma" shiori qolgan.
"Google xodimlari bu shiorni odatda foydalanuvchilar haqida qayg‘urish ma'nosida qo‘llashadi. Shunday bo‘lsa-da, "Yovuz bo‘lma" bundan-da kattaroq ma'noni qamrab oladi. Ha, gap foydalanuvchilarga xolis ma'lumotlarga ega bo‘lish, ularning ehtiyojlariga e'tibor qaratish va ular uchun eng yaxshi mahsulot va servislar yaratish haqida bormoqda. Biroq bu shuningdek umuman to‘g‘ri ishlar qilish - qonunga rioya qilish, vijdonan ishlash va hamkasblarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni ham nazarda tutadi.
Xodimlarga ishonch va o‘zaro hurmat bilan munosabatda bo‘lish — bizning muvaffaqiyatimiz asosi va biz har kuni shunga erishishga harakat qilishimiz kerak".
Google axloq kodeksining eski versiyasidan
Manbada ta'kidlanishicha, bu shior kompaniya korporativ madaniyatida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.
Kodeks o‘zgargan bo‘lishiga qaramay, uning oxirgi marta yangilangan sanasi sifatida 2018 yilning 5 apreli qayd qilingan. Google kodeksining yangilangan versiyasida norasmiy shiorga yagona ishorani mavjud - hujjatdagi so‘nggi satrda shunday deyiladi: "Yodingizda bo‘lsin, yovuz bo‘lmang, biror nojoiz narsani ko‘rsangiz, bu haqida ayting!"
Mavzuga oid

09:55 / 15.05.2025
“Sun’iy idrok hali o‘zbekchani to‘liq tushunmaydi” – Google’dagilarga dars o‘tgan o‘zbek qizi

23:45 / 05.05.2025
Google film va teleshoular ishlab chiqarish bo‘yicha yangi bo‘linmasini ishga tushirdi

12:31 / 30.04.2025
Bola huquqlari kodeksi loyihasi ishlab chiqiladi

12:14 / 30.04.2025