Sport | 21:28 / 21.05.2018
28331
2 daqiqa o‘qiladi

Argentina jahon chempionati uchun tarkibni e'lon qildi

Foto: Sportbox

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli 2018 yilgi jahon chempionati uchun tarkibni ma'lum qildi.

23 futbolchidan iborat yakuniy tarkibdan «Zenit» havbeki Leandro Paredes va «Inter» yetakchisi Mauro Ikardi joy olmagan. Ushbu futbolchilarning nomlari kengaytirilgan tarkibga kiritilgandi.

Darvozabonlar: Serxio Romero («Manchester Yunayted»), Villi Kabalero («Chelsi»), Franko Armani (River Pleyt»);

Himoyachilar: Markos Roxo («Manchester Yunayted»), Federiko Fasio («Roma»), Nikolas Otamendi («Manchester Siti»), Markos Akunya («Sporting»), Eduardo Salvio («Benfika»), Nikolas Talyafiko («Ayaks»), Gabriel Merkado («Sevilya»), Kristian Ansaldi («Torino»);

Yarim himoyachilar: Maksimiliano Mesa («Independente»), Xaver Maskerano («Xebey Chayna Forchun»), Manuel Lansini («Vest Xem»), Jovani Lo Chelso, Anxel Di Mariya (ikkisi ham – «PSJ»), Lukas Bigliya («Milan»), Ever Banega («Sevilya»), Kristian Pavon («Boka Xuniors»);

Hujumchilar: Gonsalo Iguain, Paulo Dibala (ikkisi ham – «Yuventus»), Lionel Messi («Barselona»), Serxio Aguero («Manchester Siti»).

2018 yilgi jahon chempionati guruh bosqichida Argentinaga Nigeriya, Xorvatiya va Islandiya terma jamoalari raqiblik qiladi.

Mavzuga oid