Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolgariya: Rossiyadan MiG qiruvchilarini sotib olishimiz imkonsiz
Bolgariya prezidenti Rumen Radevning fikricha, Rossiya tomonidan qiruvchilarni sotib olish imkonsiz. Bu haqda u «Kommersant'»ga bergan intervyusida ma'lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat o‘z harbiy-havo kuchlarini modernizatsiya qilish niyatida hamda buning uchun yangi turdagi jangovar samolyotlarni xarid qilyapti. Mamlakat hukumati talablariga muvofiq, bunday qiruvchilar Yevroittifoq yoki NATOga kiruvchi mamlakatlarda ishlab chiqarilgan yoxud ularning qurolli kuchlarida bo‘lishi darkor.
«Bu talab savolga javob beradi, shuning uchun keling vaziyatga to‘g‘ri qaraymiz – qo‘shimcha tarzda MiG qiruvchilarini sotib olish imkonsiz», - deya ma'lum qilgan Radev.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Bolgariya SSSR davridagi texnikani jangovar shay holatda saqlashda davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV AQSh va Rossiya qiruvchisini taqqoslagandi.
Mavzuga oid
14:49 / 21.05.2025
O‘zbekiston delegatsiyasi Bolgariya prezidenti administratsiyasida uchrashuv o‘tkazdi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
00:11 / 13.05.2025
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
17:02 / 12.05.2025