Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada YTH, halok bo‘lganlar bor
20 may kuni Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida jiddiy yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, Bag‘dod tumanida yashagan I.S. o‘zining “Damas” rusumli avtomashinasini Poloson qishlog‘i markazida haydab ketayotib qarama qarshi yo‘nalishda kelayotgan I.A. boshqaruvidagi “GAZ-3507” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada “Damas” avtomashinasi haydovchisi I.S. jarohat olib kasalxonaga keltirilganida vafot etgan va ikki nafar yo‘lovchi turli darajadagi jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Toshkent-O‘sh” yo‘lida mudhish YTH yuz bergani, ayol va uning uch yoshli o‘g‘li halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
17:21 / 28.04.2025
“Chuqurlarga to‘la ko‘cha” – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?
12:15 / 28.04.2025