Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Oyni zabt etishni boshladi
Xitoy Chang'e 4 oy missiyasi bilan aloqa qilish uchun mo‘ljallangan Queqiao koinot qurilmasini Yerning tabiiy yo‘ldoshi tomon uchirdi. Missiyaning o‘zi keyinroq amalga oshiriladi.
Qurilma 21 may ertalab Sichan kosmodromidan Long March 4C raketasida uchirildi. Og‘irligi 425 kg keladigan, S- va X-diapazondagi chastotalarda ishlovchi uzatkichlar bilan jihozlangan qurilma Oyning qorong‘i tomonida, Yer-Oy tizimining L2 Lagranj nuqtasida (sayyoramizdan 455 ming km uzoqlikda) joylashib, yarim yil sinovdan o‘tadi.
Queqiao aloqa uchun Oyning teskari tomonida joylashadigan roverdan foydalanmoqchi. Avval lunoxodlar Oyning faqat bizga ko‘rinuvchi tomoniga jo‘natilgan. Qurilma sinovi muvaffaqiyatli o‘tsa, unda Chang'e 4 missiyasi 2018 yildayoq amalga oshirilishi mumkin.
Queqiao uzatkichlardan tashqari, o‘z bortida 30 megagersdan pastroq chastotadagi to‘lqinlarni qayd qilishga mo‘ljallangan niderland antennasi va Xitoyning lazer akslantiruvchisini ham olib yuradi. Akslantiruvchi qurilma va Yerdagi stansiya o‘rtasidagi masofani o‘lchashga mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025