Xitoydagi masjidlarda davlat bayroqlarini osib qo‘yish taklif qilindi
Xitoy islom jamiyati mamlakat musulmon jamoalarini masjidlar binolarida Xitoy bayroqlarini osib qo‘yish va musulmonlar orasida tushuntirish ishlari olib borishga chaqirdi. Bu haqda Xitoyning Global Times nashri xabar berdi.
Xitoy Islom jamiyatining ta'kidlashicha, masjidlar faoliyati diniy tartib-qoidalarga va Xitoy qonunchiligiga to‘g‘ri kelishi kerak.
Xitoyda yashovchi 56 etnik guruhdan 10 tasi musulmonlar hissasiga to‘g‘ri keladi, bular qirg‘izlar, qozoqlar, uyg‘urlar, tojiklar, o‘zbeklar bo‘lib, ular asosan Xitoyning shimolida yashaydilar.
Xitoydagi musulmonlarning katta qismi Sintszyan-Uyg‘ur va Ninsya-Xuey avtonom tumanlarida yashaydi.
Mavzuga oid

19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi

18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi

17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT

13:15 / 26.05.2025