Iqtisodiyot | 14:55 / 22.05.2018
10268
2 daqiqa o‘qiladi

Reyting: AQShning tushumlari bo‘yicha eng yirik kompaniyalari 

AQShning tushumlari bo‘yicha eng yirik kompaniyalari reytingi Fortune jurnalida taqdim etildi. Ushbu reytingda oltinchi yil ketma-ket Walmart riteyleri yetakchilik qilib kelmoqda. 2017 yil yakunlariga ko‘ra, uning sotuvlari ko‘rsatkichi 500 milliard dollardan oshgan.

Ro‘yxat yetakchilari uchligiga shuningdek 244,4 milliard dollar tushum bilan Exxon Mobil neft kompaniyasi va 242,1 milliard dollar tushum bilan Uorren Baffetning Berkshire Hathaway investitsion guruhi kiritildi.

Apple 229,2 milliard dollar foyda bilan top-3 kompaniyalar ro‘yxatidan to‘rtinchi o‘ringa tushdi. Apple kapitalizatsiyasi 850 milliard dollarga baholanadi, uning daromadi 48 milliard dollarni tashkil qildi.

Chakana savdoda Walmart'ning raqibi — Amazon — ilk marta reytingning top-10 kompaniyasi qatoriga kirdi. U bir yilda 12-o‘rindan 8-o‘ringa ko‘tarildi va yillik tushumlarini 177,8 milliard dollarga oshirdi.

Fortune 500 reytingi 1955 yildan buyon har yili yangilanadi. Har yili 53 kompaniya ro‘yxatdan o‘rin oladi va uchtasi unda yetakchilik qiladi: Walmart, Exxon Mobil va Berkshire Hathaway.

Reytingdagi barcha ishtirokchilarning umumiy daromadi 12,8 trillion dollarni - AQSh YaIMning uchdan ikki qismini tashkil qildi. Ularning bozor qiymati birgalikda 21 trillion dollarga teng. Bu kompaniyalarda hammasi bo‘lib 28,2 million xodim faoliyat yuritadi.

Mavzuga oid