Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Superliga. «Qo‘qon-1912» yutqazdi, «Lokomotiv» so‘nggi daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Superligada 12-tur o‘yinlari yakunlandi.
«Qo‘qon-1912» o‘z maydonida «Buxoro»ni qabul qilib, 1:2 hisobida yutqazdi. Mezbonlar tarkibida yagona golni Muhammadanas Hasanov urdi. «Buxoro» Arslonmurod Amonov va Shavkat Salomov gollari evaziga g‘alaba qozondi.
«Lokomotiv» o‘z uyida «Qizilqum»ni qabul qilib, kutilmaganda durang o‘ynadi. Mehmonlar Nemanya Yovanovich va Artur Gevorkyan gollari evaziga, hisobda oldinda borishayotgan edi. Ammo Sanjar Shoahmedov raqib darvozasiga to‘p kiritib, so‘ngi daqiqada jamoasini g‘alabadan qutqarib qoldi.
Superliga, 12-tur
22 may
Qo‘qon-1912 (Qo‘qon) – Buxoro (Buxoro) - 1:2
Gollar: Muhammadanas Hasanov (30) - Arslonmurod Amonov (14), Shavkat Salomov (45+1)
Lokomotiv (Toshkent) – Qizilqum (Navoiy) - 2:2
Gollar: Husniddin G‘ofurov (36), Sanjar Shoahmedov (90+3) - Nemanya Yovanovich (5), Artur Gevorkyan (40)

Mavzuga oid
14:08 / 14.04.2025
«Paxtakor» yana yutqazdi, peshqadam yana o‘zgardi
14:40 / 07.04.2025
«Paxtakor» «So‘g‘diyona»ga ham yutqazdi, «Bunyodkor» birinchi o‘rinda
17:43 / 30.11.2024
Superliga. «Metallurg» «Nasaf»ni mag‘lub etib «Lokomotiv»ni Proligaga ravona qildi, OKMK o‘z tarixida ilk bor kumush medallarni qo‘lga kiritdi
19:03 / 18.11.2024