Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda o‘rtacha maosh miqdori qancha?
Yevropa Ittifoqi statistika xizmati, Xalqaro Mehnat tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti hamda boshqa milliy statistiklarning 2017 yil yakunlariga asoslangan ma'lumotlariga ko‘ra, turli davlatlardagi o‘rtacha maoshlar miqdori bo‘yicha reyting tuzib chiqildi.
Ushbu reytingdan 157 davlat o‘rin olgan. Birinchi o‘rinda Shveytsariya joylashgan. Bu mamlakatda o‘rtacha maosh miqdori 3855 AQSh dollariga teng. Ikkinchi o‘rindagi Kuvaytda bu miqdor 3211 dollarni tashkil qiladi.
AQShda o‘rtacha maosh miqdori 3120 dollar.
MDH mamlakatlari orasida bu borada eng yuqori ko‘rsatkich Rossiyada - 615 dollar. Keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston (480), Belarus (375) va Turkmaniston (320).
O‘zbekiston ushbu reytingda 118-o‘rinda joylashgan. Qayd etilishicha, O‘zbekistonda o‘rtacha maosh miqdori 235 dollarga teng.
Tojikistonda bu ko‘rsatkich 110 dollarni tashkil qiladi.
Eng past ko‘rsatkich Zimbabveda - bu yerda oyiga o‘rtacha 21 dollarga ishlashadi.
Mavzuga oid
10:40 / 28.05.2025
Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi
11:13 / 27.05.2025
Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani aytildi
13:07 / 26.05.2025
34 yilda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni qanchaga oshgani aytildi
11:21 / 23.05.2025