Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondan olib borilgan tonnalab gilos va o‘rik Rossiyaga kiritilmadi
O‘tgan dam olish kunlari Rosselxoznadzorning Novosibirsk oblasti bo‘yicha boshqarmasi inspektorlari tomonidan «Karasuk» fitosanitar nazorat postida umumiy og‘irligi 170 tonnadan ortiq bo‘lgan, karantin ostidagi 10ta partiya mahsulot olib qo‘yildi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar bergan.
Yuqori fitosanitar xatarga ega mahsulotlar partiyasi Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan Novosibirsk, Novokuznetsk hamda Krasnoyarsk bozorlarida sotish uchun avtomobil transportida olib kelinayotgan bo‘lgan.
Karantin fitosanitar nazorati amalga oshirilganda, Qozog‘istonning 44 tonna piyoz, 40 tonna o‘rik va 14 tonna bodring, shuningdek, Qirg‘izistonning 21,6 tonna piyoz va 19,8 tonna lavlagi mahsuloti markirovkalar qisman yo‘q holda olib o‘tilayotgani aniqlangan.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda yetishtirilgan 23 tonna gilos va 17 tonna o‘rik yuklar markirovkasida ko‘rsatilgan ma'lumotning fitosanitar hujjatdagi ma'lumot bilan nomutanosib holda olib o‘tilayotgan bo‘lgan.
Karantin qonunchiligi talablariga muvofiq, yuqori darajadagi fitosanitar xatarga ega barcha mahsulotlarni Rossiya Federatsiyasi hududiga olib kirish taqiqlangan.
Barcha yuklar Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondagi jo‘natuvchilarga qaytarildi hamda aybdor shaxslar Rossiya Federatsiyasining Ma'muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha kodeksiga muvofiq ma'muriy javobgarlikka tortildi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025