Sport | 19:12 / 23.05.2018
21738
1 daqiqa o‘qiladi

«Nasaf» futbolchisi uchun «So‘g‘diyona»dan million dollar so‘radi

Foto: FC Nasaf

Qarshining «Nasaf» klubi yarimhimoyachisi Azizjon G‘aniyev faoliyatini Jizzaxda davom ettirishi mumkin.

SPORTS.uz saytiga ma'lum bo‘lishicha, Jizzaxning «So‘g‘diyona» klubi «ajdarlar» futbolchisiga qiziqish bildirgan. O‘z navbatida qarshiliklar G‘aniyevni 10 milliard so‘m (yoki 1 250 000 dollar) evaziga qo‘yib yuborishlarini ma'lum qilgan. 

«So‘g‘diyona» esa xavbek uchun shu qiymatni to‘lashga tayyor. Transfer tez orada amalga oshishi kutilmoqda.

Ta'kidlash joizki, «Nasaf» o‘z futbolchisini arzon qo‘yib yubormoqchi. Transfermarkt portali G‘aniyevning narxini 1 440 000 dollar deb baholagan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid